AsosiyJamiyat

Rossiyada O`zbekiston fuqarolarining maoshlari berilmayotgani va yotoqxonadan majburiy chiqarib yuborilayotgani holatini Bosh konsullik nazoratga oldi

'Rossiyada O`zbekiston fuqarolarining maoshlari berilmayotgani va yotoqxonadan majburiy chiqarib yuborilayotgani holatini Bosh konsullik nazoratga oldi'ning rasmi

Mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi va O`zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Rossiyadagi Vakolatxonasi xodimlari O`zbekiston fuqarolarining maoshlari berilmayotgani va yotoqxonadan majburiy chiqarib yuborilayotgani to`g`risida 2019 yilning 3 dekabr kuni OAVda tarqalgan murojaatini Kolpino shahriga borib tekshirdilar.

Hamyurtlarimiz va «ICA Construction» kompaniyasining mas`ul xodimlari bilan bo`lib o`tgan uchrashuvlarda yurtdoshlarimizning manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud muammolarni hal qilish bo`yicha aniq kelishuvlarga erishildi.

Vaziyat Bosh konsulxona nazoratida, deb yozadi O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.

Konsullik huquqiy departamenti eslatib o`tadiki, Rossiyaning Shimoli-g`arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.

 

    Boshqa yangiliklar