1

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasining sansolarligiga chek qo`yildi

Jamiyat 06.12.2019, 12:02
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasining sansolarligiga chek qo`yildi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan  “Vetteria” mahalliy kompaniyasining murojaati o`rganib chiqildi. Murojaatda keltirilishicha, veterinariya dori vositasini ro`yxatdan o`tkazish bo`yicha 2019 yilning mart oyida berilgan ariza bugungi kunga qadar biror sabab ko`rsatilmagan holda O`zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi tomonidan  ro`xatdan o`tkazilmagan.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, ruxsat berish bilan bog`liq ushbu tartibot ariza berilgan vaqtdan e`tiboran 36 kun mobaynida hal etilishi kerak, bu holatda davlat organi belgilangan muddatga rioya etmagan, ya`ni ariza berilganiga 7 oydan oshib ketgan.

Veterinariya dori vositasini ro`yxatdan o`tkazish to`g`risida ariza berilgan vaqtda faqat bitta xo`jalik yurituvchi sub`ekt tomonidan xuddi shunday dori vositasi ro`yxatdan o`tkazilgan, bu degani iste`molchi uchun tanlash huquqi deyarli yo`q bo`lgan.

Murojaatni o`rganish natijalarini ko`rsatishicha, dori vositasini ro`yxatdan o`tkazish uchun ariza olingan kundan e`tiboran Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi tomonidan  qaror qabul qilinishi uchun ushbu dori vositasini sinov natijalari kerak bo`lgan. Biroq, o`tgan 7 oy mobaynida dori vositasi laboratoriya sinovidan o`tkazilmagan va dori vositasi nima sababdan ro`yxatdan o`tkazilmayotgani to`g`risida tushuntirish ham berilmagan.

O`rganish natijasida ro`yxatda o`tkazish uchun taqdim etilgan vetirinariya dori vositasi laboratoriya sinovidan o`tkazildi, belgilangan tartibda davlat ro`yxatiga olinib, “Vetteria” mahalliy kompaniyasiga tegishli guvohnoma berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1