“Uzautotrans service” korxonasi bugundan e`tiboran “Farg`ona – Do`stlik” yo`nalishida sinov tariqasida avtobus qatnovini yo`lga qo`ydi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.
Avtobuslar “Farg`ona shahar atrofi” avtostansiyasidan yo`lga chiqib, Andijon viloyatidagi “Do`stlik” chegara o`tkazish maskaniga qadar harakatlanmoqda. Ushbu yo`nalish masofasi 115 kilometrga teng bo`lib, qatnovlar “Yutong” avtobuslarida amalga oshirilayapti. Yo`lkira haqqi esa 15 000 so`m etib belgilangan. Dastlabki bosqichda qatnovlar ikki tomonlama yo`nalishda kuniga jami 8 marotaba amalga oshiriladi.