Bugun Xalqaro press-klubning debatlar zalida bo`lib o`tgan matbuot uchrashuvida O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining 1-o`rinbosari Ilhomjon Ne`matov shunday dedi:
“Oxirgi 3 yilda qo`shni davlatlar bilan chegaralar masalasi o`z echimini topdi. Xalqimizning ular bilan azaldan qarindoshchiligi, qudachiligi bor. Hozirda Qirg`iziston bilan chegaralarimizdan kuniga 31000 nafardan, Tojikiston bilan 20000 nafardan, Qozog`iston bilan 20000 nafardan ziyod yo`lovchilar o`tyapti. Prezidentimizni bu tashabbaslari uchun qo`shni mamlakatlar masjidlarida duo qilishyapti. Qolaversa, bu turizm. Iqtisodiy tomondan ham manfaatdormiz!”






