Toshkentda 9 dekabr, dushanba kuni Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining O`zbekistondagi filiali binosining ochilish marosimi bo`lib o`tadi. Bu haqda institut tomonidan ma`lum qilindi.
Xabar berilishicha, MGIMO joriy yilning sentyabr oyidan institut filialida «Biznes-axborot» hamda «Yurisprudensiya» yo`nalishlari bo`yicha o`qish boshlagan. O`qish jarayoni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti binosida olib borilmoqda.
Institut tomonidan qayd etilishicha, O`zbekiston hukumati ko`magi bilan Toshkentda qisqa muddatda institut filialining binosi qurib bitkazilgan.