AsosiyJamiyat

Kosonda o`quvchi qiz o`z joniga qasd qildi. Sabablari o`rganilmoqda

'Kosonda o`quvchi qiz o`z joniga qasd qildi. Sabablari o`rganilmoqda'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati IIB mazkur holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Xabar berilishicha, Koson tumani 6-umumiy o`rta ta`lim maktab o`quvchisi N.B. 4 dekabr, chorshanba kuni ona tili fani dars vaqtida oshqozoni og`riyotgani haqida o`qituvchisi T.Sh.ga aytgan. Shundan so`ng maktab hamshirasi D.T. o`quvchi N.B.ni ko`rikdan o`tkazgan va undan nima holat bo`lgani haqida so`ragan. N.B. onasi iste`mol qilib yuradigan doridan ichganligini bildirgan.

Shundan so`ng maktab ma`muriyati tomonidan Koson tumani tez-tibbiy yordam bo`limi shifokorlari chaqirilgan. Tez-tibbiy yordam shifokori B.A. o`quvchi N.B.ni ko`zdan kechirib, unda zaharlanish alomatlari yo`qligini bildirgan.

Koson tumani tibbiyot birlashmasining bergan ma`lumotiga ko`ra, N.B. Koson tuman tez-tibbiy qabul bo`limida ko`rikdan o`tkazilgan vaqtda uning hushi o`zidaligi, berilgan savollarga aniq javob berishi, bemor ko`rik vaqtida tibbiy yordamga muhtoj emasligi qayd etilib, unga kuzatuv va ambulator sharoitda davolanish maslahati berilgan.

Mazkur holat yuzasidan Koson tumani prokuraturasi tomonidan N.B.ning o`z joniga suiqasd qilmoqchi bo`lgani holati bo`yicha tergovga qadar surishtiruv ishlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar