AsosiyJinoyat

DXXning soxta xodimi qo`lga olindi

'DXXning soxta xodimi qo`lga olindi'ning rasmi

Xorazmda fuqaroni chegara qo`shinlariga ishga kiritib qo`yishni va`da qilib pora talab qilgan DXXning soxta xodimi ushlandi. Bu haqda «Daryo»ning DXXdagi manbalari xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, Urganchdagi maktablarining birida psixolog vazifasida ishlab kelgan 35 yoshli A.M. fuqaro Q.O.ga o`zini go`yoki hozirda Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boshqarmasida ishlayotganligini aytib, 600 dollari evaziga uni Chegara qo`shinlariga ishga kiritib qo`yishi mumkinligini bildirgan.

DXX xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir jarayonida A.M. jabrlanuvchi Q.O.dan 600 AQSh dollari olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasiga muvofiq jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar