Mamlakatimiz Bosh Qomusi qabul qilingan sana arafasida Farg`onaning markaziy maskanlaridan birida ulkan bayroq o`rnatildi.
Bugun viloyat markazi yanada chiroy ochib, bir-biridan muhtasham inshootlar qad rostlamoqda. Ayniqsa, Islom Karimov nomidagi Teatr-konsert saroyi xiyoboni eng sevimli maskanga aylangan . Mazkur hududda bugun yurtimizdagi eng katta salobatli, balandligi 67 metr, hajmi 20 metrga 10 metr bo`lgan Davlat bayrog`i o`rnatildi. Mazkur ulkan bayroq farg`onaliklarning milliy ramzimizga sadoqatining amaliy tasdig`i bo`ldi.

Davlat bayrog`ining o`rnatilganligi munosabati bilan o`tkazilgan tadbir katta tantanaga aylandi. Unda Farg`ona viloyati hokimi Shuhrat G`aniev ishtiroketdi. Mustaqilligimizning ramzi bo`lgan Davlat bayrog`i bu erga tashrif buyurgan har bir yurtdoshimiz qalbida faxr-iftixor tuyg`ularini jo`sh urdiradi. Qolaversa, yosh o`g`il-qizlarimizning vatanparvar, o`z yurtiga sodiq, komil inson bo`lib voyaga etishlariga ushbu salobatli bayroqning hissasi katta bo`ladi.

