AsosiyJamiyat

Bosh prokuratura o`qituvchilar maqomini himoya qilish bo`yicha qonun loyihasini ishlab chiqdi

'Bosh prokuratura o`qituvchilar maqomini himoya qilish bo`yicha qonun loyihasini ishlab chiqdi'ning rasmi

Bosh prokuratura  jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinovning "Darakchi"ga bergan ma`lumotiga ko`ra, bu  loyihada bolalarni tarbiyalash va ularga ta`lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, xususan bolalarning majburiy umumiy o`rta ta`lim, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi olishiga ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to`sqinlik qilganlik uchun jarima miqdorini oshirish taklif etilmoqda.

Shu bilan birga, loyihada Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga ta`lim muassasasining pedagogik xodimi kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralashganlik yoki uning xizmat vazifalarini bajarishiga to`sqinlik qilganlik uchun ma`muriy javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi yangi modda kiritish nazarda tutilmoqda.

Loyihada belgilanayotgan tartibga binoan ta`lim muassasalarining pedagogik xodimlari o`z kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralashgan yoki xizmat vazifalarini bajarishiga to`sqinlik qilgan shaxslar ustidan ma`muriy sudlarga to`g`ridan to`g`ri ariza taqdim etish huquqiga ega bo`ladilar.

    Boshqa yangiliklar