AsosiyJamiyat

Qonuniy buzilishlar: 1 121 gektar er maydoni o`zboshimchalik bilan egallandi

'Qonuniy buzilishlar:   1 121 gektar er maydoni o`zboshimchalik bilan egallandi'ning rasmi

Joriy yilning 7 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi binosida Toshkent viloyatining eksport va investisiya prognoz ko`rsatkichlarining bajarilishi, uy-joylari buzilishi munosabati bilan kompensasiya to`lovlarining to`lanishi ahvoli, viloyatda xatlov natijasida aniqlangan bo`sh binolar va erga oid qonunbuzilishlar bo`yicha tanqidiy ruhda yig`ilish o`tkazildi.

Yig`ilishda, eksport salohiyatini rivojlantirish bo`yicha Respublika komissiya a`zolari hamda Toshkent viloyat xokimi R.Xolmatov hamda tuman-shahar xokimlari qatnashdi.

Yig`ilishda, viloyatda eksport prognoz rejasini bajarilishi ahvoli qoniqarsiz holatda ekanligi, bu borada ishlarni jadallashtirish hamda tegishli choralar ko`rilishi lozimligi ta`kidlab o`tildi. 

Jumladan, 2019 yil yanvar-noyabr oylarida hududiy tasarrufdagi korxonalar tomonidan 245,3 mln dollarlik eksport amalga oshirilib, prognoz (349 mln. dollar) ijrosi – 70 foizni tashkil etdi.

Hisobot davrida O`rtachirchiq, Ohangaron, Chinoz, Toshkent, Oqqo`rg`on, Yuqorichirchiq, Bekobod tumanlari hamda Yangiyo`l va Olmaliq shaharlarida prognoz ijrosi 60 foizga ham etmagan

Shu bilan birga, 2019 yil 1 dekbar holatiga viloyat tasarrufidagi 109 ta korxonalarning eksport shartnomalari bo`yicha 40,6 mln dollar miqdorida muddati o`tgan debitor qarzdorligiyuzaga kelgan.

Bundan tashqari, yig`ilishda viloyatda uy-joylari buzilishi munosabati bilan  kompensasiya to`lovlari to`lanish ahvoli qoniqarsiz ahvolda ekanligi ta`kidlandi. 

Shuningdek, viloyatda o`tkazilgan xatlovlarda 4 801 ta bo`sh ob`ektlar hamda foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari aniqlanganligi, 869 ta davlat va davlat ulushi mavjud bo`lgan ob`ektlardan samarali foydalanilishiga erishilmaganligi, 1 948 ta bo`sh turgan ob`ektning kadastr hujjati mavjud emasligi, 2 054 ta ob`ektlarni ishga tushirish bo`yicha investisiya loyihalari ishlab chiqilmaganligi, investisiya loyihasini amalga oshirmagan 996 ta mulkdorga nisbatan ta`sirchan soliq choralari qo`llanilmaganligi e`tirof etildi. 

Yig`ilishda, Toshkent viloyatida erga oid bo`lgan qonun buzilishlar holatlari haqida ham to`xtalib o`tildi. 

Jumladan,  8 955 taholatda 1 121 gektar er maydoni o`zboshimchalik bilan egallangani, 3502 ta holatda 321 gektar maydonga noqonuniy qurilish qilingani, 25 ta holatda 58 gektar er maydoni noqonuniy  ajratilganligi, 38 ta holatda 199 gektar er maydonidan samarasiz foydalanilganligi, jami 733 842 ta ko`chmas mulk ob`ektlaridan 142 329 tasi  yoki 19 foizida huquqiy hujjati mavjud emasligi bayon qilindi. 

Majlisda Yangiyo`l va Olmaliq shahar, Bekobod hamda Yangiyo`l tumani xokimlarining kun tartibidagi masalalar bo`yicha izoh va tushuntirishlari eshitildi. 

Majlis yakuni bo`yicha eksport prognoz rejasini amalda bajarilishini ta`minlash, to`g`ridan to`g`ri xorijiy investisiyalarni jalb etish choralarini keskin oshirish, kompensasiya to`lovlarini o`z vaqtida belgilangan tartibda to`lash choralarini ko`rish bo`yicha aniq tegishli chora-tadbirlar belgilandi. 

    Boshqa yangiliklar