Qashqadaryoda xalq ta`limi bo`limlari mudirlari o`rin almashmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining buyrug`iga asosan, viloyat Xalq ta`limi tizimida bir qator o`zgarishlar ro`y berdi. Bu haqda viloyat Xalq ta`limi boshqarmasi xabar berdi.
Jumladan, Dehqonobod tumani Xalq ta`limi bo`limi mudiri vazifasida ishlab kelgan A.Himmatov Qarshi shahar Xalq ta`limi bo`limi mudiri vazifasiga, Qamashi tumani Xalq ta`limi bo`limi mudiri vazifasida ishlab kelgan Sh.Bekmurzaev Chiroqchi tumani Xalq ta`limi bo`limi mudiri vazifasiga tayinlangan. Chiroqchi tumani Xalq ta`limi bo`limi mudiri vazifasida ishlab kelgan N.Abraeva Qamashi tuman xalq ta`limi bo`limi mudiri vazifasiga o`tkazilgan.
Shuningdek, Muborak va Kasbi tumanlari Xalq ta`limi mudirlari A.Suyunov va T.Shaymardanovlar ham joy almashgani haqida avvalroq xabar bergan edik.
Eslatib o`tamiz, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi 101-maktab o`quvchilari ommaviy ravishda xorijga ishlagani ketgan haqida xabar bergandik.
Ushbu munosabatga Qashqadaryo viloyat Xalq ta`limi boshqarmasi tomonidan munosabat bildirilgan edi.






