Joriy yilning 8 dekabr kuni soat 9:20da Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga M.Ostonov qo`ng`irlq qilib, Buxoro shahar “Piridastgir” ko`chasi yashovchi qo`shnisi 1937 yilda tug`ilgan Yu.Truxov uch kundan buyon hovliga chiqmaganligi hamda eshikni ochmayotganligi sababli uning holidan havotirda ekanligini aytib murojaat qilgan.
Kelib tushgan xabarga ko`ra boshqarma bo`yicha ma`sul navbatchi yordamchisi leytenant A.Arabov boshchiligida qutqaruvchilar A.Zoirov, B.Narzullaev H.Raximovlar zudlik bilan voqea joyiga etib borishadi.
Qutqaruv asbob anjomlari yordamida xonadonning temir eshigi ochilganda haqiqatdan ham fuqaro Yu.Truxov 3 kun avval yiqilib tushganligi va o`rnidan turolmaganligi aniqlanadi. Qutqaruvchilar tomonidan fuqaroga tezkorlik bilan birinchi tibbiy yordam ko`rsatildi va tez tibbiy yordam hodimlariga topshirildi. Hozirda qariyaning ahvoli yaxshi ekanligi haqida xabar berilmoqda.






