AsosiyJamiyat

Taniqli shoir va jurnalist vafot etdi

'Taniqli shoir va jurnalist vafot etdi'ning rasmi

Bugun, 8 dekabr kuni O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist, taniqli shoir, "Xalq so`zi" gazetasi mas`ul xodimi Abduvali Qutbiddinov olamdan o`tdi.

Janoza bugun, 8 dekabr Samarqand viloyatining Urgut tumani, Mergancha qishlog`ida 14:00 da o`qildi.   Ma`lumotlarga ko`ra, Abduvali Qutbiddin betobligi sabab, ikki haftadan ortiq vaqt davomida shifoxonada bo`lgan.

Abduvali Qutbiddin 1960 yil 20 iyunda tug`ilgan. U avval Samarqand viloyati gazetasida, 1985 yildan G`afur G`ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyotida muharrir bo`lib ishlagan. 1990 yilda “Yozuvchi” nashriyotida etakchi muharrir, so`ng bosh muharrir bo`lib xizmat qilgan. Shuningdek O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida ham faoliyat olib borgan. So`nggi vaqtda “Xalq so`zi” gazetasida faoliyat yuritgan. Abduvali Qutbiddin “Do`stlik” ordeni bilan mukofotlangan.

Shoirning dastlabki she`riy to`plami — “Nayson”. Shu bilan birga “Humo”, “Baxtli yo`l”, “Bor” (saylanma, 2011) “Sen va sen uchun” kabi she`riy to`plamlari, “Ozodlik” nomli dostoni chop etilgan.

Boshqa yangiliklar