Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish Markazining ma`lum qilishicha, bugungi auksion savdolarida eng ko`p ariza yakka tartibda uy-joy qurish uchun er uchastkalariga bo`lgan huquqqa ega bo`lish maqdsadida kelib tushgan.
Shundan, Xorazm viloyatidan 46 ta er uchastkasi savdoga qo`yilgan bo`lib, savdolarda o`rtacha 9-12 nafar ishtirokchi qatnashmoqda. Er uchastkalarining o`rtacha boshlang`ich narxi 1,2 mln.so`m etib belgilangan.
- Hozirda Toshkent viloyatida joylashgan stomatologiya binosini qurish uchun boshlang`ich narxi 30 mln.so`m bo`lgan er uchastkasi savdolari shiddatli kechmoqda. Maydoni 14 sotix bo`lgan er uchastkasi uchun narxlar 100 mln.so`mga ko`tarildi.
- "Mirishkor savdo" MChJning 25% davlat ulushi 6,8 mln.so`mdan 71,5 mln.so`mga ko`tarildi. Savdoda 9 nafar ishtirokchi qatnashmoqda.






