Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, Hindistonning poytaxti Nyu-Dehlida yuz bergan yong`in natijasida 40 dan ortiq odam halok bo`lgan.
Yong`in yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 5.30 atrofida shaharning eski kvartalida sodir bo`lgan. «Biz … shundan keyin kamida 50 kishini qutqardik», dedi Nyu-Dehli o`t o`chiruvchisi o`rinbosari Sunil Chudxari AFP axborot agentligiga. Yong`in o`chirildi, ammo qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Yong`in sabablari o`rganilmoqda.






