AsosiyJamiyat

Piskentda 800 mln. so`mdan ortiq qarzdorlik undirildi

'Piskentda 800 mln. so`mdan ortiq qarzdorlik undirildi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Piskent tuman bo`limi tomonidan O`rtachirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining Sud buyrug`iga asosan  Piskent tuman soliq inspeksiyasi foydasiga qarzdor “Piskent Paxta tozalash” AJdan soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar bo`yicha 832 mln. 172 ming so`m soliq qarzi undiruvi yuzasidan ijro hujjati bo`yicha majburiy ijro harakatlari olib borildi.

Mazkur ijro harakatlari davomida qarzdor korxonaning banklardagi barcha hisob raqamlari xatlanib, ularga band solingan. 

Tegishli tashkilot, muassa va korxonalarga so`rovnomalar yuborilib, ushbu jamiyatning mulkiy ahvoli o`rganilgan. 

Natijada, “Piskent Paxta tozalash” AJ hisobidan 832 mln. 172 ming so`m miqdoridagi pul mablag`lari Piskent tuman soliq inspeksiyasi foydasiga undirib berildi.

    Boshqa yangiliklar