Namangan viloyatining Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi M.T. 35 kunlik chaqalog`ini sotmoqchi bo`ldi, deya xabar qildi "postda.uz".
Shu maqsadda ayol tanishi, Uchqo`rg`on tumani tibbiyot birlashmasining tug`ruqxona bo`limi mudirasi N.T. bilan jinoiy til biriktirdi. Natijada tug`ruqxona bo`limi mudirasi «Qurama» mahalla fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi uy bekasi M.M. hamda uning turmush o`rtog`iga M.T. farzandini 500 AQSh dollariga sotmoqchi ekanligini aytadi.
M.M. tuman tibbiyot birlashmasiga 5500000 so`m pul olib kelib, N.T.ga 1500000 so`m va chaqaloqning onasiga esa 2200000 so`m pul hamda umumiy qiymati 500000 so`mlik kiyimlarni beradi.
AYni paytda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.