8 dekabr kuni Rossiyaning Yamalo-Nenesk avtonom okrugi Tazovsk tumani Pyakyaxin konida sodir bo`lgan yong`in haqida avval xabar bergan edik. Ushbu favqulodda holat Rossiya Federasiyasining Sverdlovsk viloyatidagi konda bo`lib o`tgan. Mazkur voqea haqida FVV ham izoh berdi.
Rossiya Federasiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan xabarga ko`ra, 2019 yilning 8 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 03:30 da Rossiya Federasiyasining Sverdlovsk oblasti, Tazovsk rayoni, “Stroy Proekt Servis” MChJga tegishli bo`lgan, ishchilar yashashi uchun mo`ljallangan vagon noma`lum sabablarga ko`ra yonib ketgan.
Sodir bo`lgan yong`in natijasida, vagonda bo`lgan 4 nafar O`zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 3 nafari voqea joyida vafot etgan va 1 nafari 35 foiz kuyish jarohati olib, rayon markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Vafot etgan fuqarolar:1. Ergashev Abdumalik Yaxshilikovich, 1972 yilda tug`ilgan;2. Aliqulov Safarali Suyun o`g`li, 1998 yilda tug`ilgan;3. Djumoev Ergash Binoevich, 1983 yilda tug`ilgan.Tan jarohati olgan fuqaro:1. Omanov Tolibjon Butaevich, 1966 yilda tug`ilgan.Hozirda mutasaddi tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda fojea sabablari aniqlanmoqda. Shuningdek marhumlarning jasadlarini vatanga qaytarish bilan bog`liq ishlar amalga oshirilmoqda.






