AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 17 yoshli o`smir osilgan holda topildi

'Qashqadaryoda 17 yoshli o`smir osilgan holda topildi'ning rasmi

6 dekabr kuni erta tongda 17 yoshli B.N. Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Boyg`undi mahallasida o`z uyining hovlisida osilgan holda topilgan.

Yigitni uning ukasi topdi, u pichoq bilan arqonni kesib, jasadini tuman tibbiyot birlashmasiga olib borgan, ammo juda kech bo`lgan.

B.N.ning yaqin qarindoshlari xabar berishicha, oilada fojeaga olib keladigan mojarolar bo`lmagan.

Ularning so`zlariga ko`ra, yigit muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shug`ullangan, o`sha kuni ham ertalab odatiy yugurishdan so`ng turnikda shug`ullangan va bir muncha vaqt o`tgach, u osilgan holda topilgan. Marhumning jasadida halqa izlaridan boshqa hech qanday tan jarohati topilmadi.

«Qashqadaryo yangiliklari» nashrining yozishicha, ikkita aka-uka va singlisi bo`lgan yigit huquq-tartibot idoralari xodimi bo`lishni orzu qilgan.

Tuman prokurori Ulug`bek Ergashevning aytishicha, hozirda bu qotillik yoki qotillikni yashirish maqsadida uyushtirilgan holat ekanligi tekshirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar