Xabaringiz bor, joriy yilning 4 dekabr kuni Andijon shahar 2-kichik daha 7–sonli ko`p qavatli uyda gaz chaqnash oqibatida 15 ta xonadonlar ta`mir talab ahvolga kelib qolgan edi. Bugun ushbu uylarda ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.
Ta`mirlash uchun 4 ta pudrat tashkilotlari biriktirilgan, deya xabar beradi Andijon viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Hozirda, ko`p qavatli uyning zarar ko`rgan oldi fasad qismi ta`mirlanib, romlar yangi o`rnatildi.
15 ta xonadonlarda ta`mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda, portlash natijasida 2-va 3-qavatlarning konstruksiyalariga jiddiy zarar etgani sababli ushbu qavatlardagi xonadonlarda demontaj ishlari boshlangan.






