Xabaringiz bor, 8 dekabrga o`tar kechasi Toshkent shahar IIBB xodimi mast holatda bo`lgan va pichoq bilan tahdid qilgan haydovchini qo`lga olish uchun qurol ishlatishga majbur bo`lgan edi. Chilonzor tumani prokuraturasi haydovchi Nusrat I.ga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilishi masalasi bilan shug`ullanayotgani aytilgandi.
Ayni paytda ma`lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan 08.12.2019 yilda Nusrat I.ga nisbatan JKning 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






