Hukumatning ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi (973-son, 06.12.2019 y.) Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq, “O`smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash xamda O`zbekiston Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilinishi munosabati bilan Hukumatning 10 dan ortiq qarorlariga o`zgartirishlar kiritildi.
Xususan, Oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o`qishga qabul qilish tartibi to`g`risida nizomga kiritilgan o`zgartirishlarga asosan:
- oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalariga o`qishga kirishda “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga test sinovlarida to`plagan ballarining 30 foizi miqdorida, respublikaning boshqa davlat OTMlariga o`qishga kirishda esa to`plagan ballarining 15 foizi miqdorida qo`shimcha ball beriladi;
- “Temurbeklar maktabi”ni imtiyozli tugatganlarga, tarkibida ushbu maktab bo`lgan vazirlik va idoralarning tegishliligi bo`yicha oliy xarbiy yoki ixtisoslashtirilgan bilim yurtlariga test sinovlarisiz, harbiy professional tanlash natijasi bo`yicha kirish huquqi beriladi.






