“Byurokratik to`siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorgamuvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab:
hokimliklarning alohida funksiya va vakolatlari tegishli davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalariga o`tkaziladi;
hokimliklarning bir qator funksiya va vakolatlari chiqarib tashlanadi;
davlat organlari va tashkilotlari jami 28 turdagi hujjatlarni fuqarolardan talab qilishi, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari tomonidan esa ularning berilishiga yo`l qo`yilmaydi;
Prezident va Hukumat hujjatlari bilan tuzilgan (ro`yxati mazkur qarorda keltirilgan) idoralararo kollegial organlari tugatiladi.
Jumladan, qarorga muvofiq turar joyni noturar joy toifasiga o`tkazishga ruxsatnoma berish funksiyasi hokimliklardan tuman (shahar) qurilish bo`limlariga o`tkaziladi.
Shuningdek, hokimliklarning bozor faoliyatini to`xtatib turish bo`yicha qaror qabul qilish kabi vakolatlari bekor qilinadi.
2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari, ularning tarkibiy bo`linmalari o`rtasida hujjat aylanishi va hisobotlarni yuritish faqat elektron ko`rinishda amalga oshiriladi.
Ma`lumot o`rnida, mazkur hujjat Adliya vazirligi takliflari asosida ishlab chiqilgan.






