Bosh prokuratura tomonidan ta`lim tizimini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, umumta`lim muassasalarida ota-onalarning noroziliklariga sabab bo`layotgan salbiy holatlarni tahlil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Xalq ta`limi vazirligi bilan hamkorlikda ijtimoiy tarmoqlarda onlayn-so`rov o`tkazilishi yo`lga qo`yildi.
Umumta`lim muassasalarida ta`lim-tarbiya sifatini oshirilishini hamda moddiy-texnika bazasidan samarali va oqilona foydalanilishini ta`minlash maqsadida mazkur onlayn-so`rovda faol ishtirok etishingiz so`raladi, deyiladi Bosh prokuraturaning rasmiy xabarida.






