AsosiyShou-biznes

“Yil qo`shig`i-2014”: eng qaynoq yangiliklar MY5da

Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 29-30 yanvar kunlari Yoshlar madaniyati va san`at markazi tomonidan tashkil etilayotgan “Yil qo`shig`i-2014” gala konserti bo`lib o`tadi.

Ertaga gala-konsertning birinchi kuni. Tadbirga tayyorgarlik va uning o`tish jarayonlari haqidagi eng so`nggi yangiliklar va eksklyuziv reportajlar, konsert ishtirokchilarining fikr-mulohazalari bilan “Mening yurtim” telekanali orqali tanishib borish imkoniyatiga egasiz.

Kim yil xonandasi bo`ladi? Qaysi ijodkor eng kuchli? Shu kabi savollarga aynan MY5 orqali efirga uzatiladigan axborot dasturlarida javob topasiz.  

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar