AsosiyJamiyat

UzAuto Motors Malibu va Tracker avtomobillari uchun Yangi yil aksiyasini e`lon qildi

'UzAuto Motors Malibu va Tracker avtomobillari uchun Yangi yil aksiyasini e`lon qildi'ning rasmi

UzAuto Motors kompaniyasi kirib kelayotgan 2020 yil munosabati bilan Yangi yil aksiyasini e`lon qildi.

Aksiya 11 dan 22 dekabrga qadar respublikamizning barcha avtosalonlarida Malibu va Tracker avtomobillari uchun taqdim etiladi.

Mazkur aksiya doirasida mijoz tanlagan modeli uchun 100% to`lov amalga oshirgan taqdirda 5% Malibu hamda 10% Tracker uchun chegirmaga ega bo`ladi.

Aksiyada Malibu-2 LT 1,5 Turbo, shuningdek Tracker LT A/T va M/T opsiyalari ishtirok etadi.

Avtomobillarning chegirmali narxlari quyidagicha belgilangan:

Malibu-2 LT 1,5 Turbo – 265 000 000 so`m
Tracker LT A/T – 199 000 000 so`m
Tracker LT M/T – 170 000 000 so`m

 

    Boshqa yangiliklar