2019 yilning 2-8 dekabrlarida “O`zRTXB” AJ barcha savdo platformalarida 859,2 mlrd so`mlik bitimlar tuzildi. Kichik biznes va tadbirkorlik sub`ektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 413,8 mlrd so`mni tashkil etdi.
Shu jumladan birja savdolarining hajmi 721,6 mlrd so`mni tashkil etdi. Valyuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning qiymati 1,4 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Eksportning tarkibida polietilenning ulushi – 70%, pirolizli gazolin – 16%, sanoat moylari – 12% va boshqa mahsulotlar ulushi 2% ni egalladi.
Ko`rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 12,9% ga oshgan bo`lib 29,7 mlrd so`mni tashkil qildi, kichik biznes sub`ektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar esa 6,9 mlrd so`mni yoki tuzilgan bitimlarning 23,2% ni tashkil etdi.
O`tgan haftada davlat xaridlari bo`yicha xarid.uz maxsus axborot portalida tuzilgan bitimlarning hajmi 6,3% ga o`sib 105,0 mlrd so`mga teng bo`ldi. Byudjet va korporativ buyurtmachilarning pul mablag`ini tejalishi 25,2 mlrd so`mdan oshdi.
Ko`rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 681 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi o`tgan haftaga nisbatan 6,2% ga o`sib 3,0 mlrd so`mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 20,7% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 46,4% ikkinchi va 32,9% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.