“Andijon Xalqaro aeroporti” ma`muriyati bir yillik tanaffusdan so`ng yana o`z faoliyatini boshladi. Bu haqda Andijon viloyat hokimligi xabar berdi.
“Dekabr oyining 22 va 27 sanalarida Rossiya federasiyasining “IRAERO” aviakompaniyasining SUPER JET-100 havo laynerida Moskva-Andijon-Moskva (Domodedovo) yo`nalishini yo`lga qo`ydi”, — deyiladi xabarda.
Aeroportning yopilishi sababi haqida aeroport yopilgan vaqtda Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov B sinfiga mansub aerodromga ega Andijon viloyati aeroportida uchish-qo`nish yo`lagi oxirgi marta 1980 yilda, perron 1985 yilda ta`mirlangani, turli sabab va texnik nosozliklar tufayli faoliyati to`xtatib qo`yilgan viloyat aeroporti ta`mirlanishini ma`lum qilgandi.