AsosiyJamiyat

Taxtako`pirlik otadan 45 mln. so`m aliment qarzi undirildi

'Taxtako`pirlik otadan 45 mln. so`m aliment qarzi undirildi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Taxtako`pir tuman davlat ijrochilari tomonidan sud qaroriga asosan voyaga etmagan farzandlarining aliment nafaqasini undirish to`g`risidagi ijro hujjatining ijrosi qisqa muddat ichida ta`minlandi.

  Nukus tumanlararo fuqarolik ishlari bo`yicha sudining qarzdor A.Kalenderovdan undiruvchi D.Seytkasimovaning foydasiga uning tarbiyasidagi bir nafar farzandining ta`minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining ¼ qismi miqdorida aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati bo`lim ish yurituviga joriy yilning 6 may kuni kelib tushgan va shu kunning o`zida ijro ishi ko`zg`atilgan edi.

  Qarzdor uzoq muddat davomida Qozog`iston Respublikasida yashamaganligi sababli qarzdorligi 45 million so`mdan oshib ketgan va uning Qoraqalpog`istonga kelganligi aniqlangach, zudlik bilan undiruv choralari ko`rildi.

  Natijada, majburiy ijro harakatlari olib borilib, 45 089 928 so`m aliment qarzdorligi to`liq undirildi hamda hozirgi kunda oyma-oy to`lab kelinmoqda, —  deyiladi "darakchi.uz"ga berilgan MIB xabarida.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar