AsosiyJamiyat

Umra parvozlari ikki baravarga oshirildi

'Umra parvozlari ikki baravarga oshirildi'ning rasmi

10 dekabrdan Saudiya Arabistoniga Umra aviaqatnovlarini bir kunda ikki martadan amalga oshirish boshlandi. Shu kunga qadar umra havo qatnovlari bir kunda bir mahal edi. 

Ziyoratchilar soni ham ikki baravarga oshdi. Har bir aviaqatnovda 245 nafardan jami kunlik ziyoratchilar soni qariyb 500 nafarga etdi. Mana shunday “Umra – 2019/20” mavsumi parvozlari 2020 yil yoz oylariga qadar davom etadi, deya xabar beradi O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati.

Umra ziyoratlari tashkiliy ishlari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyun kunidagi 364-sonli “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o`tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori asosida tizimli ravishda takomillashtirib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar