«O`ztemiryo`lyo`lovchi» AJning Yangi yil va bayram kunlarida yo`lovchi poezdlariga bo`lgan katta talabini hisobga olib, qo`shimcha reyslarni tashkil etmoqda.
Jumladan, joriy yil 16 dekabridan 2020 yil 07 yanvariga qadar 556/555-sonli «Toshkent – Urganch – Toshkent» yo`nalishida qo`shimcha poezd yo`lga qo`yiladi.
Shuningdek, joriy yil 14 dekabridan 2020 yilning 11 yanvariga qadar 5/6-sonli «Toshkent – Moskva – Toshkent» yo`nalishidagi poezdning qo`shimcha qatnovi ham yo`lga qo`yiladi. Eslatib o`tamiz, xalqaro yo`nalishidagi poezdlarida, oldindan sotib olish muddatiga ko`ra chipta tarifining 55% gacha chegirma mavjud.
Imtiyozli bo`lgan chiptalarni faqat temiryo`l kassalarida xarid qilish mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi. Qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan olishmumkin.






