AsosiyJamiyat

Oliy sud sudyalarining maoshi va faoliyatidagi muammolar ochiqlandi

'Oliy sud sudyalarining maoshi va faoliyatidagi muammolar ochiqlandi'ning rasmi

Bugun Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klubning navbatdagi PRESS-KOFEsi bo`lib o`tmoqda.

Tadbirda Oliy sud sudyasi Ibrohim Tojiev Oliy sudda faoliyat yuritayotgan sudyalarning qancha oylik maosh olishini oshkor qildi, deb xabar berdi Sof.uz.

“Hozirgi kunda Oliy sudda faoliyat yuritayotgan sudyalarning o`rtacha oylik ish haqi 5 000 000 so`mdan 8 000 000 so`mgacha etadi”.

Oliy sudning yana bir sudyasi Ilhom Rahmonqulov esa, O`zbekiston jamiyatida sudyalarga ishonchsizlikka sudyalarning mustaqil bo`lmagani sabab bo`lganini aytdi. Shuningdek, sudyaning ta`kidlashicha, muayyan bir masalani faqat Oliy sud raisi, yoki rais o`rinbosari hal qiladi degan tushuncha yo`q.

Milliy tiklanish demokratik partiyasi vakili Nodirjon Muxtorovning aytishicha, Tuman sudyasi viloyat sudyasidan, viloyat sudyasi Oliy sud sudyasidan erkin bo`lishi kerak. Bundan tashqari, jinoyat kodeksini liberallashtirish lozim”.

O`zbekiston Xalq demokratik partiyasi vakili Xolbek Jalolov esa, sudyalar fuqaroga murojaat ishi bo`yicha bitta nuqtani qo`yib berishi keraklini aytdi. “Fuqarolik sudiga borsa, ma`muriyga borasan kabi boshqa-boshqa bordi-keldilarni yo`q qilish kerak. Bunday misollar ko`p”, deydi XDP vakili.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo`yicha vakillik (Ombudsman) kotibiyatining vakili Saidbek Azimov O`zbekistonda “qora ro`yxat” umuman yo`q qilinganini, har bir shaxs o`zining e`tiqod huquqiga ega ekanligini aytib o`tdi”.

Boshqa yangiliklar