1

50dan ziyod boshpanasiz ayollarga zamonaviy uylar berildi

Jamiyat 11.12.2019, 16:39
Teglar: Qarshi, uy
50dan ziyod boshpanasiz ayollarga zamonaviy uylar berildi

Bugun Qarshi shahrida bo`lib o`tgan tadbirda yuqoridagi fikr amalda yana bir bor o`z isbotini topdi. Uzoq vaqt boshpanasizlikdan qiynalgan 50 nafardan ziyod xotin-qiz, nogironligi bor kishilarga Qarshi mahallasida yaqinda qurib bitkazilgan arzonlashtirilgan ko`p qavatli uylardan yangi xonadonlar kalitlari tantanali topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda so`z olganlar ayni jabhada Prezidentimiz yuritayotgan siyosat mohiyati va hozirgi kundagi amaliy natijasi haqida fikr bildirishdi.


 

Mehmonlar, jumladan, keng jamoatchilik vakillari guvohligida uyga egalikni tasdiqlovchi sertifikat va yangi xonadon kalitlari o`z egalariga berildi.

Dilorom Shodieva 2-guruh nogironi bo`lishi bilan birga farzandini yolg`iz o`zi tarbiya qilmoqda. Uyi yo`qligi sabab ko`p vaqt ijarada yashashga majbur bo`lgan. O`tgan kunlaridan yaxshi xotira qolmagan har holda. Bugun u ham shinam va barcha qulayliklarga ega xonadonlardan birining sohibasiga aylandi.

Tadbir asnosida mehmonlar ko`p qavatli uyda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Yangi xonadon sohiblarini qutlashib, bu uylarda eng yaxshi damlarni o`tkazishiga tilakdosh bo`lishdi.

Estrada xonandalari ijrosidagi konsert dasturi marosimga yanada shukuh qo`shdi.

Qayd etish joiz, 50 nafardan ziyod xotin-qizga topshirilgan mazkur xonadonlar umumiy qiymatining 10 foizi davlatimiz tomonidan to`lab berildi.

Sharhlar

Qarshida bir oilaning 3 nafar bolasi is gazidan zaharlanib, ulardan biri vafot etdi

13.12.2022, 10:49

Qashqadaryo viloyatida yana is gazidan zaharlanish qayd etildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, 11.12.2022 yil 11 dekabr kuni soat 10:20...
Qarshi aeroporti faoliyati vaqtincha cheklandi

12.12.2022, 09:51

Noqulay ob-havo Qarshi aeroporti faoliyatini vaqtincha cheklab qo`ydi, deya xabar bermoqda "Uzbekistan Airports"Ma`lum qilinishicha, ko`rish chegarasining pasayishi, tuman va kuchli shamol "Azimut" aviakompaniyasi reysini Samarqanddagi...
Qarshida o`tkazilayotgan hududiy sanoat yarmarkasida “O`zbekneftgaz”ga qarashli korxonalar alohida stend bilan ishtirok etmoqda

07.10.2022, 10:15

O`zbekiston Prezidenti Administrasiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlariga muvofiq Qarshi shahrida bo`lib o`tayotgan “Neft va gaz sanoati, elektr energetikasi, kimyo sanoati, charm-poyabzal sanoati” mavzusidagi hududiy...
Qarshida "Nexia-3” 20 yoshli qizni urib ketdi (video)

29.08.2022, 13:40

Qarshi shahrida mashina piyodani urib ketdi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati ma`lumot berdi. Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 19 avgust kuni soat taxminan 16:30 larda fuqaro...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1