AsosiyJamiyat

IIV: Fuqarolarni vaqtinchalik ro`yxatga qo`yish tartibi soddalashtiriladi

'IIV: Fuqarolarni vaqtinchalik ro`yxatga qo`yish tartibi soddalashtiriladi'ning rasmi

Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klubning navbatdagi PRESS-KOFEʼsi tashkil etildi.

Unda O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy Sud, Bosh prokuratura, huquqshunoslar, ekspertlar, siyosiy partiya hamda OAV vakillari ishtiroki etdi.

PRESS-KOFEʼda so`z olgan Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G`iyosovning ta`kidlashicha, kelgusida fuqarolarni vaqtinchalik ro`yxatga qo`yish tartibi soddalashtiriladi.

“2021 yildan fuqarolarni vaqtinchalik ro`yxatga qo`yish tartibi soddalashtiriladi va fuqarolar elektron tartibda ro`yxatga olinib, ID kartalardan foydalaniladi”, – dedi u.

Bundan tashqari “Adolat” sosial-demokratik partiyasi vakili Kamola Hamidova propiska va ro`yxatga olish tizimiga partiyaning munosabatini aytdi.

“Adolat" sosial-demokratik partiyasi hozirgi fuqarolarni propiska va ro`yxatga olish tizimidan norozi”, - deya ta`kidladi K. Hamidova.

    Boshqa yangiliklar