Dunyoning mashhur telekanali ilk bor O`zbekiston haqidagi filmlarni efirga uzatmoqda

Jamiyat 12.12.2019, 09:17
Teglar: O`zbekiston, telekanal
Dunyoning mashhur telekanali ilk bor O`zbekiston haqidagi filmlarni efirga uzatmoqda

Joriy yilning 8 dekabridan boshlab AQShning SNBC (“Consumer News and Business Channel”) telekanali O`zbekistonga bag`ishlangan oltita filmni efirga uzatishni boshladi.

Mazkur hujjatli filmlarda yangi O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, so`nggi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda ro`y berayotgan o`zgarishlar taniqli xorijiy jurnalistlar talqinida namoyish qilinmoqda.

Mazkur filmlarda O`zbekiston va Afg`oniston o`rtasidagi munosabatlardagi ijobiy o`zgarishlar ham o`z aksini topgan. Filmlar amerikalik mashhur jurnalist va teleboshlovchi Rayan Chilkot tomonidan suratga olingan. U ushbu filmlarni yaratish uchun O`zbekiston va Afg`onistonga bir necha bor tashrif buyurgan.

Yana uchta film Buyuk Britaniyaning Imotus kinokompaniyasi tomonidan SNBC telekompaniyasi buyurtmasiga asosan suratga olingan.

O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi va “O`zbekkino” milliy agentligi bilan hamkorlikda yaratilgan ushbu filmlar xalqaro hamjamiyatni O`zbekistonda yuz berayotgan yangilanishlar jarayoni, shuningdek, Markaziy Osiyoda kuzatilayotgan keng ko`lamli siyosiy jarayonlar bilan yaqindan tanishtirishda muhim ahamiyatga ega, – dedi ijodiy hamkorlardan biri – Belgrave Europe kompaniyasi xalqaro aloqalar bo`yicha mutaxassisi Fred Xarrison.

– Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishish maqsadida dunyoning turli hududlaridan xorijiy jurnalistlar, kinematograflar kelayotgani quvonarli hol, – dedi “O`zbekkino” milliy agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov. – Biz har doim bunda tashabbuslarni qo`llab-quvvatlaymiz va ularga qo`limizdan kelgunicha yordam beramiz.

Eslatib o`tamiz, CNBC telekanalida O`zbekiston haqidagi filmlar Vashington vaqti bilan shanba va yakshanba kunlari (14,15, 21, 22, 28 dekabr) 21:15 da, dushanba kunlari (16, 23 dekabr) 23:30 da namoyish qilinadi.

Sharhlar

O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Putin O`zbekistondagi g`ayritabiiy sovuqlar haqida fikr bildirdi (video)

18.01.2023, 11:45

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...
Ozarbayjon va O`zbekiston Prezidentlari Ichan qal`ani aylanishdi (foto)

22.06.2022, 15:14

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev Xiva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. Kecha bo`lib o`tgan muzokaralar yakunida davlatimiz...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1