AsosiyJamiyat

Barcha o`quv muassasalari 5 kunlik o`qish tizimiga o`tkazilishi kutilmoqda

'Barcha o`quv muassasalari 5 kunlik o`qish tizimiga o`tkazilishi kutilmoqda'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasida yoshlar turizmini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to`g`risidagi” qaror loyihasida barcha umumiy o`rta ta`lim maktablari, oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasalarida besh kunlik o`qish tizimini joriy etish ko`zda tutilgan. 

Qaror loyihasi O`zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo`mitasi tomonidan Regulation.gov.uz portalida muhokamaga qo`yilgan.

Bundan tashqari mazkur taklifning joriy etilishi ichki turizmni rivojlantirish doirasida o`quvchi va talabalar hamda ularning ota-onalari sayohatlarini samarali tashkil etishni maqsad qiladi. 

Shuningdek Qaror loyihasida turizm mavsumini uzaytirish maqsadida yozgi ta`til muddatini qisqartirish hisobidan qishgi ta`til davrini uzaytirish ham qayd etilgan. 

Shuningdek Qaror qabul qilingan taqdirda “O`zavtosanoat” AK tarkibiga kiruvchi ishlab chiqarish korxonalari, Quyosh energiyasi xalqaro institutida doimiy ekskursiyalar uchun sharoit yaratish va sayohatlar tashkil etish uchun ruxsat berilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar