AsosiyJamiyat

Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov Qoraqalpog`iston maktablaridagi ta`lim jarayoni bilan tanishdi

'Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov Qoraqalpog`iston maktablaridagi ta`lim jarayoni bilan tanishdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov joriy yilning 11 dekabr kuni Qoraqalpog`iston Respublikasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida 2018-2019 ӯquv yilida bitiruvchilari eng kӯp oliygohlarga kirgan Nukus shahridagi 17-umumta`lim maktabida o`quvchilarning ta`lim olishi uchun yaratilgan sharoit hamda ta`lim-tarbiya jarayoni bilan tanishdi. So`ngra maktabning pedagog xodimlari bilan uchrashuv o`tkazdi.

Uchrashuvda 2018-2019 o`quv yili yakunida Qoraqalpog`iston Respublikasidagi umumta`lim maktab bitiruvchilarining oliy ta`lim muassasalariga kirish natijalari tanqidiy tahlil qilindi.

Shuningdek, ta`lim sifatini oshirish, maktablarni qish mavsumida barqaror ishlashini ta`minlash hamda 2019-2020 o`quv yilida 11-sinf bitiruvchilarining oliy ta`lim muassasalariga kirish ko`rsatkichlarini yanada oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

11 dekabr kuni Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov Nukus shahridagi 19-umumta`lim maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif  davomida o`quvchi yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san`at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o`qishga qiziqishni oshirish, qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb etish bo`yicha yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus bo`yicha olib borilayotgan ishlar bilantanishdi.                                                                                                                                        

Shuningdek, Ӯzbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri 11 dekabr kuni Nukus shahridagi 51-maktabning ochilish marosimida ishtirok etdi. Yangi ta`lim maskanining ochilish marosimida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi ӯrinbosari M.Jumanov, "Nuroniy” jamg`armasi Qoraqalpog`iston Respublikasi bӯlimi raisi Sh.Usnatdinov, Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri A.Ayapov va Nukus shahar hokimi v.v.b. P.Tureshov, mehmonlar va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Marosimda Ӯzbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov so`zga chiqib, keng jamoatchilikni, maktab o`qituvchilari va o`quvchilarni yangi maktabning ochilishi bilan tabrikladi. Ota-onalar, maktab o`quvchilari yangi qurilgan maktab uchun o`z minnatdorchiligini bildirdi.

 

    Boshqa yangiliklar