Gurlanlik ota 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda “darakchi.uz”ga MIB xabar beryapti.
Ma`lum qilinishicha, fukarolik ishlari buyicha Shovot tumanlararo sudining 07.01.2011 yildagi sud buyrug`iga asosan qarzdor A.Davletovdan undiruvchi M.Salaeva foydasiga bir nafar farzandining moddiy taminoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/4-qismi miqdorida aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati bo`lim ish yurituviga kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidai ijro ishini yuritishni ko`zg`atish to`g`risida qaror qabul qilinib qaror nusxasi qarzdorga topshirilib, majburiy ijro xarakatlari olib borilgan.
Shu sabab Qarzdorning Respublika hududidan chetga chiqish xuquqlari vaqtincha cheklangan.
Olib borilgan ijro xarakatlari davomida qarzdor A.Davletovga aliment pullarini to`lashlik to`g`risda davlat ijrochisi tomonidan bir necha marotoba ogohlantirishga qaramasdan aliment pullarini to`lashdan bosh tortib kelgan.
Bunga ko`ra qarzdor A.Davletovning aliment qarzi 01.02.2012 yildan 29.11.2017 yil kuniga qadar hisoblangan 36 mln. 537 ming so`mni tashkil qilganligi sababli unga nisbatan 47-4-moddasiga asosan to`plangan hujjatlar Gurlan tuman ma`muriy sudi tomonidan 2019 yil 5 dekabr kuni ko`rib chiqildi va unga nisbatan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.