12 dekabr kuni soat 09-00 dan saylovlarga muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi.
Saylov kodeksi hamda Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 3 dekabrdagi 999-son qaroriga ko`ra, muddatidan oldin ovoz berish 18 dekabr soat 18-00 ga qadar davom etadi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.
Ma`lumot uchun: Saylov kodeksining 57-moddasiga ko`ra, saylov kuni o`z yashash joyida bo`lish imkoniyatiga ega bo`lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida bo`la olmasligining sabablari (ta`til, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) ko`rsatilgan ariza asosida tegishli uchastka saylov komissiyasidan saylov byulletenini oladi.






