1

Diqqat! IIV barcha internet foydalanuvchilarini yangi onlayn xavfdan ogohlantirmoqda!

Jamiyat 12.12.2019, 11:55
Diqqat! IIV barcha internet foydalanuvchilarini yangi onlayn xavfdan ogohlantirmoqda!

Ichki ishlar vazirligining ma`lum qilishicha, so`nggi paytlarda fuqarolar tomonidan pornografik foto va video mahsulotlarni targ`ib qiluvchi internet resurslaridan foydalanish jarayonida boshqa shu kabi resurslarga avtomatik tarzda o`tib ketish holati kuzatilmoqda.

Bu orqali “O`zbekiston Respublikasi IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurash bo`limidan bildirishnoma” sarlavhasi ostida chiquvchi oynada foydalanuvchining taqiqlangan saytlarga kirib qolgani aytiladi va shu sababli, go`yoki IIV tomonidan u 200 000 so`m (ayrim hollarda 300 000 so`m) miqdorida jarimaga tortiladi.

Shundan so`ng, “Webmoney” elektron to`lov tizimi orqali davlat hisobiga to`lovni amalga oshirilishi lozimligi, aks holda qurilmada saqlangan kontaktlarga foydalanuvchining pornografik foto va video mahsulotlar joylashtirilgan internet resurslaridan foydalangani haqida hodisa bayoni hamda foydalanuvchiga jarimani to`lashi talabi bilan SMS xabar yuborilishi haqida ma`lumot paydo bo`lmoqda. Shu bilan birga, foydalanuvchilarning internet veb brauzeri blokirovka holatiga tushib qolmoqda.

Ushbu holatlarning noqonuniyligi va asossizligi yuzasidan IIV quyidagilarni ma`lum qildi:

– O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tarkibida “Kiberjinoyatlarga qarshi kurash bo`limi” nomi bilan faoliyat yurituvchi bo`lim yoki bo`linma mavjud emas;

– “Webmoney” to`lov tizimida O`zbekiston Respublikasi IIV tarkibiy va hududiy tuzilmalari elektron hamyonlariga ega emas.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1