Qadim zamonlardan beri insoniyat, jinoyat sodir etishda gumon qilinganlarning gaplaridagi haqiqatni yolg`ondan ajratish yo`llarini izlaganlar. Bunda ular qanday usulardan foydalanishgan? Bu haqda IIV Tergov departamenti quyidagi ma`lumotlarni bermoqda. Tarixga nazar tashlasak ushbu usullarning turli xil ko`rinishlari mavjud bo`lib, hozirgi kunda ularning aksariyati shafqatsiz hisoblanadi. Ba`zilari esa insonlarning yuzida tabassum paydo qiladi. Biroq ota-bobolarimizning kuzatuvchanliklari va zukkoliklarini inkor etib bo`lmaydi. Tekshiruvning barcha usullari tergov jarayonida shubhali shaxsning tashqi ko`rinishida namoyon bo`lgan fiziologik reaksiyalariga asoslangan. Masalan, Afrikada gumon qilinuvchilar qabila a`zolarining ko`z o`ngida so`roq qilinib, qabila boshlig`i yoki sehrgar so`roq qilinuvchini omma oldida hidlab ko`rgan holda tekshirgan, agar gumon qilinuvchining tanasidan ter hidi chiqqan bo`lsa demak u aybdor deb topilgan.
Sharqda esa gumon qilinuvchini so`roq qilish jarayonida yolg`on so`zlangan bo`lsa, uni og`ziga guruch unini solishgan. Agar gumon qilinuvchining og`zidagi un tergovdan so`ng quruq bo`lsa, u aybdor deb topilgan. Chunki kuchli hayajon va qo`rquv paytida og`izdagi tupik suyuqligi to`xtaydi. Taniqli o`rta asr shifokori Avisenna esa tergovchilardan haqiqatni yashirishga uringan jinoyatchining qon tomir pulsiga katta e`tibor qaratgan. Bundan tashqari eshak bilan inson psixologiyasiga asoslangan yana bir qiziqarli usul: qorong`u xonaga dumi bo`yagan hayvon qo`yilgan. Shu xonaga kiritilgan gumon qilinuvchi eshakni dumidan ushlashi kerak bo`lgan, agar eshak qichqirsa, unda odam aybdor hisoblangan. Keyin shaxsni yorug`likka olib chiqishib, uning qo`llariga qarashgan. Agar qo`llar toza bo`lsa, odam aybdor deb topilgan – chunki u eshakni dumidan ushlamasdan jinoyatni yashirishga harakat qildi, - deb hisoblashgan. Gap shundaki aybsiz odam qo`llari bo`yalishiga qaramasdan eshak dumini ushlashdan qo`rqmaydi. Va bu o`z davrida haqiqatdan ham yolg`onni aniqlashning kichik usullaridan biri bo`lgan.
Gumon qilinuvchining so`zlaridagi yolg`on yoki haqiqatni aniqlashda ilk bor qo`llanilgan ilmiy qurilma bu – gidrosigmograf bo`lgan. Yolg`on gapira boshlagan paytda yurak urish tezligi va qon bosimining o`zgarishini qayd etuvchi ushbu qurilmani ishlatishga qaror qilgan birinchi olim, psixolog Chezare Lombrozo edi. Bu voqea 19-asrning oxirida bo`lgan.
1921 yilda polisiya ofiseri, psixolog Jon A. Larson jinoyat ishlarini tergov jarayoniga gumon qilinuvchilarni so`roq qilishda shaxslarning qon bosimi, yurak urish tezligi va nafas olishidagi o`zgarishlarni aniqlaydigan yolg`on detektorni qo`llashni taklif qildi. Larson o`zining yolg`onni aniqlaydigan asbobini “poligraf” deb atadi. Aytgancha, bu atama ancha oldin Jon Xokins (1804) tomonidan o`zi ixtiro qilgan qo`lda yozilgan yozuvlardan nusxa ko`chirish dastgohi nomiga qo`yilgan.
Ushbu atama “yunon” tilidan olingan ikkita so`zdan ya`ni “ko`p” va “yozmoq” deb tarjima qilinuvchi so`zlardan iborat. 1926 yilda, J. Larsonning shogirdi va izdoshi Leonard Kiler, gumondorning fiziologik parametrlaridagi o`zgarishlarni qayd qiluvchi siyoh qalam bilan birga ishlovchi poligrafning yangi, takomillashtirilgan versiyasini taklif qildi. 1938 yilda olimlar tomonidan poligrafga terining o`zgarishini qayd qiladigan yana bir kanal qo`shildi. Keyinchalik Keeler mushaklarning titroqlari kanalini taqdim etdi. 1939 yilda patent berilgan Keeler kanali zamonaviy poligrafning prototipiga aylandi.
Olimlarning Keeler poligrafiyasini yanada takomillashtirish bo`yicha yigirmaga yaqin fiziologik ko`rsatkichlarni qayd etuvchi urinishlari muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Zamonaviy “yolg`onni aniqlovchi” detektor ettita ko`rsatkichdagi o`zgarishlarni muvaffaqiyatli qayd eta olish imkoniyatiga ega.
Yigirmanchi asrning oxirida qalam, siyoh yozish, an`anaviy va raqamli poligraflar mavjud edi. 21-asrning qurilmasi esa - bu kompyuter poligrafi bo`lib, u gumon qilinuvchiga savollar berilganida uning tanasida bir qator fiziologik parametrlarning o`zgarishini o`lchaydigan va yozib beradigan maxsus moslamalar ulangan sensor bilan jihozlangan edi. Ta`kidlash joizki, natijalarning aniqligi qayd qilingan ko`rsatkichlar soniga bog`liq. Tekshiruv davomida olingan ko`rsatkichlar, normadan chetga chiqish va unda yolg`onning belgilari bor yoki yo`qligi to`g`risida xulosa beruvchi poligraf tekshiruvchisi tomonidan belgilab boriladi. Bugungi kunda, yuz yil avvalgi kabi, poligraf - yolg`onni aniqlashning eng samarali vositasi bo`lib, undan jinoyatlarni fosh qilishda samarali foydalanilmoqda. Poligraf tekshiruv natijalari yordamchi usul bo`lishiga qaramasdan, ayrim rivojlangan mamlakatlarda dalil sifatida taqdim etilishi mumkin.






