1

“Bugun bir guruh IIV xodimlari uyimizga kelib, holimizdan xabar olgani meni xursand qildi...”

Jamiyat 12.12.2019, 18:57
Teglar: IIV, sayyor o`quv yig`in
“Bugun bir guruh IIV xodimlari uyimizga kelib, holimizdan xabar olgani meni xursand qildi...”

Ayni kunlarda IIV Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilari tomonidan Qoraqalpog`iston Respublikasi, Buxoro, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida o`tkazilayotgan sayyor o`quv yig`inlari doirasida mahallalarda istiqomat qilayotgan kam ta`minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar, yakka yolg`iz keksa avlod vakillari hamda ichki ishlar organlari tizimida uzoq yillar mobaynida samarali mehnat qilgan va bugungi kunda nafaqada bo`lgan faxriylarning holidan ham xabar olinmoqda. Bu haqda Institut matbuot xizmati ma`lum qildi

– Bugun poytaxtimizdan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari vaqt ajratib, uyimizga kelib, holimizdan xabar olganliklari meni juda xursand qildi, – deydi Surxondaryo viloyati Angor tumani “Hamkon” mahallasida yashovchi, 1954 yilda tug`ilgan Chorshanbi Abduraimov.–Ko`p yillar tumanimizdagi jamoa xo`jaligida men suvchi, turmush o`rtog`im ishchi bo`lib ishladik, 2 nafar o`g`il, 2 nafar qizlarni voyaga etkazib, o`qitib, uyli-joyli qildik. Hozirda 5 nafar nevaralarim bor, katta o`g`lim va kelinim 2-guruh nogironi. Tuman hokimligi, ichki ishlar organi, tibbiyot xodimlari, mahalla faollari oilamizdan tez-tez xabar olib turishadi. Buni uchun eng avvalo Davlatimiz rahbariga o`z minnatdorligimni bildiraman, men yana bir bor amin bo`ldimki, yurtimizda biz kabi oilalar davlatimiz e`tiboridan chetda qolmagan, Sizlarga rahmat, hamisha duo qilaman. Xalq orasiga kirib ularning dardu-hasratlariga quloq solayotgan siz kabi xodimlar sog`-omon bo`lishsin.

– 1942 yilda tug`ilganman, 4 nafar o`g`lim va 2 nafar qizim bor, – deydi Buxoro tumanidagi “Dahcha” mahallasida yashovchi, kam ta`minlanganlar ro`yxatida turuvchi Faroxat Raximova
– Kenja qizim 2-gurux nogironi, qimirlamay yotadi. Uning davolatishda dori-darmonlarga ko`proq ehtiyoj sezamiz. Mahalla faollari, profilaktika inspektori doimo xabar olib turishadi. Bugun poytaxtdan kelib xolimizda xabar olayotgan IIV Malaka oshirish instituti xodimlariga minnatdorchilik bildiraman. 

–  Uy yumushlari bilan yurganimda, ichki ishlar organlari xodimlari xonadonimga kirib kelganini ko`rib, xursand bo`lib ketdim, – deydi Nukus shahar “Taslaq” hududida yashovchi, 1965 yilda tug`ilgan yakka yolg`iz Amangeldi Jumabaev. –  Men bilan muloqot jarayonida muammolarim bilan qiziqishdi. Mehri daryo yurtdoshlarimiz bor ekan, qalbi kemtik insonlarni ko`ngli hamisha ko`tarilaveradi. Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga rahmatlar aytaman.

Bundan tashqari, Institut professor-o`qituvchilari tomonidan Samarqand viloyati Tayloq tumani “Nurafshon” maxallasida yashovchi 1991 yilda tug`ilgan 1-guruh nogironi To`lqin Yazdonovning ham xonadoniga borib, uning xolidan xabar olindi. 

Eng muhimi, Institut professor-o`qituvchilari ushbu oliyjanob ishlarga ichki ishlar organlari tizimida faoliyat ko`rsatayotgan har bir xodimning hissa qo`shishi kelajakda sohani xalqparvar tizimga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etishi joylarda o`tkazilayotgan sayyor o`quv yig`inlarida ham tushuntirib bermoqdalar. 

Institut professor-o`qituvchilari tomonidan joylarda sayyor o`quv yig`inlari, mahallalarda va ta`lim muassasalarida targ`ibot tadbirlari hamda kam ta`minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar va yakka yolg`iz keksa avlod vakillarining holidan xabar olish kabi ezgu ishlar joylarda davom etmoqda.

 

Sharhlar

Ichki ishlar vazirligida bir qator tayinlov amalga oshirildi

03.09.2021, 16:22

Ichki ishlar vazirligida bir qator tayinlov amalga oshirildi.Podpolkovnik Nigmatov Ruftullo Olimjonovich IIV Akademiyasi boshlig`ining ilmiy ishlar va innovasiyalar bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.Tayinlovga qadar R.Nigmatov O`zbekiston...
Hamshirani sochidan tortib sudragan farg`onalik erkak IIO ning sobiq xodimi ekanligi ma`lum bo`ldi

28.08.2021, 07:55

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi roddomda xamshiraning sochidan tortib sudrab chiqayotganligi aks etgan videoxabar tarqalgani haqida xabar bergan edik. Shundan Sog`liqni saqlash vazirligi holat yuzasidan dastlabki...
Farg`onada qidiruvdagi ikki qochoq qo`lga olindi

20.08.2021, 12:23

19 avgust kuni Farg`ona viloyati IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) ko`rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e`lon qilingan X.J.ni qo`lga olishdi.Bundan tashqari, Uchko`prik...
Farg`onada yashash xonadonini qimorxonaga aylantirgan shaxs qo`lga olindi

01.08.2021, 16:10

28 iyul kuni Dang`ara tuman IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Tumor MFY hududida yashovchi A.F yashash xonadonida 3 nafar shaxslarga qimor o`ynashlari uchun...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1