AsosiyJamiyat

Bayram munosabati bilan 10 yanvargacha Toshkentning ayrim ko`chalarida harakatlanish to`xtatiladi

'Bayram munosabati bilan 10 yanvargacha Toshkentning ayrim ko`chalarida harakatlanish to`xtatiladi'ning rasmi

Yangi yil ayyomiga tayyorgarlik va bayram tadbirlarini tashkil qilish ishlari bilan bog`liq ishlar sababli 13 dekabr kuni soat 08:00dan 2020 yil 10 yanvar kuniga qadar ayrim ko`chalarda harakatlanish to`xtatiladi. 

Cheklov quyidagi ko`chalarni o`z ichiga oladi:

Istiqlol ko`chasining Amir Temur shoh ko`chasidan Buyuk Turon ko`chasigacha bo`lgan qismi;

Zarafshon ko`chasining Mustaqillik shoh ko`chasidan Istiqlol ko`chasigacha bo`lgan qismi.

Toshkent shahar hokimligi keltirilgan noqulaylik uchun uzr so`ragan.

    Boshqa yangiliklar