AsosiyJamiyat

14 dekabr kuni bir vaqtning o`zida O`zbekiston bo`ylab katta milliy aksiya bo`lib o`tadi

'14 dekabr kuni bir vaqtning o`zida O`zbekiston bo`ylab katta milliy aksiya bo`lib o`tadi'ning rasmi

14 dekabr kuni respublikaning barcha hududlarida bir vaqtning o`zida keng jamoatchilik uchun ommaviy tadbirlar o`tkazish rejalashtirilmoqda. Unda taniqlik insonlar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, saylovga tayyorgarlik jarayonlari, qonunchilikdagi o`zgarishlar haqida axborotlar beriladi hamda musiqiy dasturlar va turli viktorinalar o`tkaziladi. Saylovlar haqida barcha ma`lumotlar sodda va tushunarli tilda aholiga etkaziladi. Tadbir jarayonlari OAV va blogerlar tomonidan to`g`ridan-to`g`ri yoritilishi mumkin.

“Yuksalish” umummilliy harakati barcha takliflar uchun ochiq. Hozirda aksiya formati ishlab chiqilmoqda. Shu munosabat bilan, barcha manfaatdor vazirlik va idoralar, biznes vakillari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat tashkilotlarini hamkorlikka chorlaymiz. 

Fuqarolar tadbirlarni yanada samarali o`tkazish bo`yicha fikr va takliflarni “Yuksalish” UMH hududiy bo`linmalari yoki markaziy ofisiga taqdim qilishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar