O`zbekiston Respublikasi Prezidenti “Konstitusiya va qonun ustuvorligini ta`minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorni qabul qildi.
Unga ko`ra, Konstitusiya va qonun ustuvorligini, davlat organlari qarorlari, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari qonunlarga to`liq muvofiq bo`lishini ta`minlash, qonunlar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida 2020 yil 1 martdan boshlab:
*aholi maskanlarining me`moriy qiyofasini tubdan yangilash va obodonlashtirish, shuningdek, ularda kompleks qurilish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirishga oid qarorlar dastlab o`sha hududdagi aholi o`rtasida muhokama qilinib, jamoatchilik ekspertizasidan o`tkaziladi;
*jismoniy va yuridik shaxslarga er ajratish haqidagi hujjatlar qabul qilinganidan (rasmiylashtirilganidan) keyin bir kun muddatda tegishli hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida e`lon qilib boriladi.






