AsosiyJamiyat

KADASTR TIZIMIDA YaNGILIK!

'KADASTR TIZIMIDA YaNGILIK!'ning rasmi

 Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi Matbuot xizmatining "Darakchi"ga xabar berishicha, "“Ko`chmas mulk ob`ekti kadastr pasportining yangi namunasini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi hukumat qarori imzolandi. (O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 12 dekabrdagi 987-son qarori )

Davergeodezkadastr qo`mitasining plastik shaklda tayyorlanadigan ko`chmas mulk ob`ekti kadastr pasportining yangi namunasini 2020 yil 1 martdan boshlab Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida;

2020-2022 yillarda Qoraqalpog`iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda  bosqichma-bosqich joriy etish belgilandi.  

Mazkur qaror qabul qilinishi amaldagi 7-12 sahifadan iborat kadastr yig`majildi o`rniga yangi namunadagi kadastr pasportini joriy etishda aholi uchun mukammal (QR-kod matrik shtrixli kod) va qulay yagona hujjat vositasi sifatida hamda ko`chmas mulk ob`ektlariga bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish tizimini yanada takomillashtiradi.  

Bunda an`anaviy qog`oz ko`rinishdagi ko`chmas mulk ob`ektlar xuquqini tasdiqlovchi kadastr pasportini o`rniga yangi zamonaviy va qo`shimcha imkoniyatlar ochib beruvchi (ID plastik yagona iditifikasion) kartasi joriy etiladi.

2020 yil 1 martdan boshlab Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan ko`chmas mulk ob`ektiga bo`lgan mylk huquqi yoki boshqa ashyoviy xyquqlap vujudga kelgan, boshqa shaxsga o`tgan, bekor bo`lgan yoki ko`chmas mulk ob`ektining huquqiy holati o`zgarganligini tasdiqlash yuzasidan murojaat qilinganda, ariza beruvchiga davlat xizmatlari markazlari orqali yangi namunadagi kadastr pasporti beriladi.

    Boshqa yangiliklar