1

Qoidani buzgan 152 nafar shaxs O`zbekiston hududidan chiqarib yuborildi

Jamiyat 13.12.2019, 19:45
Teglar: fuqaro,
Qoidani buzgan 152 nafar shaxs O`zbekiston hududidan chiqarib yuborildi

Surxondaryo viloyati IIB migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig`i Sanjar Qobilovning termiz shahrida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida ta`kidlashicha joriy yilning o`tgan davrida viloyat miqyosida 17529 nafar fuqaroligi bo`lmagan shaxslar ro`yxatga olingan. 2016-2019 yillar davomida tegishli hujjatlarga binoan Surxondaryo viloyatida doimiy yashovchi fuqaroligi yo`q 251 nafar shaxsga O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi. Shuningdek hozirga qadar 1 million 700 nafarga yaqin  fuqarolarga biometrik pasportlar rasmiylashtirilgan. 

Hukumatning 2018 yil 30 iyundagi qaroriga muvofiq O`zbekiston Respublikasi fuqarosining biometik bo`lmagan pasporti shu yilning 31 dekabriga qadar amal qiladi. Ta`kidlanishicha, shu muddatga qadar biometrik pasport olmagan fuqarolarga Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 223-moddasiga muvofiq 111 500 so`mdan 669 000 so`mgacha jarima qo`llaniladi.

Viza tizimi soddalashtirilgani munosabati bilan shu yilning o`zida  45152 nafar chet el fuqarolari xususiy ish, sayyohlik, xizmat yuzasidan Surxondaryo viloyatida bo`lishgan.

Joriy yilning shu davriga qadar pasport-viza tizimi qoidalarini buzgan 9576 nafar shaxs aniqlangan. 152 nafar shaxs O`zbekiston Respublikasida bo`lish qoidalarini buzgani uchun Respublika hududidan chiqarib yuborilgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1