1

«O`zbekiston pochtasi» qo`ziqorinlar tasvirlangan yangi markalar turkumini taqdim etdi

Jamiyat 13.12.2019, 21:01
«O`zbekiston pochtasi» qo`ziqorinlar tasvirlangan yangi markalar turkumini taqdim etdi

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan «O`zbekiston florasi. Qo`ziqorinlar» turkumli yangi pochta markalari muomalaga kiritildi. Bu haqda «O`zbekiston pochtasi» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: «O`zbekiston pochtasi» AJ matbuot xizmati

Pochta markalarida O`zbekistonning yaxshi va qulay tabiiy-iqlim sharoitida o`sadigan qo`ziqorinlarning turlari tasvirlangan. Turkum 4 ta pochta markasidan iborat bo`lib, kichik varaq ko`rinishida chop etilgan. Qo`ziqorinlarning nomlari lotin tilida berilgan.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforasiyasi taroqsimon. Qog`ozi oq silliq. Pochta markalarning o`lchami 52x37 mm. Kichik varaqning o`lchami 140x110 mm. Pochta markalarning adadi 8 ming nusxadan. Rassom – S.Farmonov, dizayner – U.Sulaymonov.

Identifikasiya raqamlari berilgan va nominallar o`rnatilgan:

  • № 1406. Morchella esculenta nominali – 3200 so`m
  • № 1407. Pleurotus ostreatus nominali – 3400 so`m
  • №1408. Pleurotus eryngii nominali – 3500 so`m
  • №1409. Lepista saeva nominali – 5800 so`m

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1