1

Xotin-qizlar qo`mitasidan tortib, Senatgacha murojaat qilgan tadbirkor ayolning so`nggi umidi matbuotdan

Jamiyat 13.12.2019, 21:32
Xotin-qizlar qo`mitasidan tortib, Senatgacha murojaat qilgan tadbirkor ayolning so`nggi umidi  matbuotdan

O`z muammosini hal etish uchun tadbirkor O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasidan tortib, Senatgacha murojaat qilgan. Tadbirkor ayolning so`nggi umidi  matbuotdan. 

U istagan narsa erishib bo`lmas murakkab ish emas. Shunchaki qonuniy Toshkent viloyati hokimligi tomonidan qaror tasdig`i va oddiy bir e`tibor xalos.

Tadbirkorning maqsadi, faoliyatini kengaytirish, aholini ish bilan ta`minlash orqali yurtimiz kelajagiga hissa qo`shish. Ammo tadbirkorlikni kengaytirish “ADRAS STILE” mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari uchun amalga oshirib bo`lmas bir murakkab ishga aylandi.

Uning ezgu niyati ikki yildirki, amalga oshayotgani yo`q. Toshkent viloyati va Yangiyo`l tumani hokimliklarining sansalorligi sabab, uyum-uyum xat-hujjatlar to`planayapti xalos. 

Yangiyo`llik tadbirkorning so`zlariga ko`ra, u 2018 yilning aprel oyida Yangiyo`l tumani hokimligiga er olish uchun murojaat qilgan.

Tuman hokimligi hujjatlarni ko`rib chiqib, olti oydan so`ng, ya`ni 18 senyabrda er bo`yicha Toshkent viloyati xokimligi tomonidan komissiyaga chiqarilgan va Toshkent viloyati hokimligi tomonidan ijobiy javob berilib, 21-sonli bayonnomaga kiritilgan.

Qonun bo`yicha tuman hokimligi 1 oy ichida tadbirkorga qaror berishi lozim edi. Ming afsus, 7 oy deganida tuman hokimining 990-sonli qarorini taqdim qilishdi. 

Tuman hokim qarorining  2-bandida "tuman hokimining qarori Toshkent viloyati hokimi tomonidan tasdiqlansin", deyilgan, Prezidentimizning 445-PQga asosan bir oy ichida Toshkent viloyati hokimi tuman qarorini tasdiqlashi lozim edi. Ming afsus, viloyat hokimiyati bu qarorni shu kunga qadar tasdiqlamay keldi.

Ketma-ket murojaatlar bois, Toshkent viloyati hokimining birinchi o`rinbosari qarorni tadbirkorga beradi. Shunga qaramay, tadbirkor ayol hamon erga egalik hujjatlarini to`laligicha ololgani yo`q. Toshkent viloyati hokimligi mana ikki yarim yildirki, tadbirkorni sarson qilmoqda.

– Hujjatlarim tayyor bo`lguncha, Toshkent viloyat hokimligida 3 marta hokim o`zgardi. Menga berilishi kerak bo`lgan er atrofida boshqalar qurilish boshlab, bitkazib ham bo`lishdi. Ular hokimlarning ko`ngliga qanday yo`l topishyapti bu yog`i menga qorong`u. Men esa hali-hanuz sarson yuribman, – deydi “ADRAS STILE” MChJ rahbari L.Hoshimova. – Besh marta Davlat dasturi loyihasiga kiritishdi. Tuman, viloyat va yana boshqa bir loyihalarga kiritib, imzolatishdi. Tayyorlangan hujjatlarga ko`ra mening firmam o`sha erni olib, faoliyatini boshlab yuborgan bo`lishi kerak. Prezidentga tuman, viloyat hokimliklari bu erda “ADRAS STILE” MChJ faoliyat boshlagani haqida hujjat topshirib bo`lishgan. Amalda esa... hech narsa yo`q.

Davlatimiz rahbari tadbirkorlarga berilishi kerak bo`lgan e`tiborni davlat siyosati darajasiga ko`targan bir paytda ayrim mutasaddi rahbarlarning e`tiborsizligi kishi ko`nglini xira qiladi. Ishlayman, shu yurtni obod qilaman, deb bel bog`lagan yurtdoshlarimizga ayro ko`z bilan qarashini, aholini ish bilan ta`minlash eng yirik muammolardan bo`lib turganda, hokimliklarning er bermasdan tadbirkorni qiynashini qanday tushunish kerak?

Tadbirkor L.Hoshimova ikki yarim yildan buyon ezgu maqsadlar uchun elib-yugurmoqda. Uning maqsadi 200 nafar shartli ravishda jazo o`tovchilarni ish bilan ta`minlaydigan ishlab chiqarish ochish edi. Puxta ishlab chiqilgan loyiha, mablag` va hujjatlar tayyor, ammo ruxsat yo`q.

Prezidentimiz 2 nafar odamni ish bilan ta`minlagan tadbirkorni boshimda ko`taraman, degan edi.

Mutasaddilar 200 nafar ishsizni ish bilan ta`minlashni maqsad qilgan tadbirkorga o`ylaymizki, befarq bo`lmasalar kerak. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1