1

Yandeks Xaritalarida O`zbekiston manzaralari paydo bo`ldi

Jamiyat 13.12.2019, 22:04
Yandeks Xaritalarida O`zbekiston manzaralari paydo bo`ldi

2019yilning 13dekabr kuni Yandeks O`zbekiston manzaralarini internet tarmog`ida nashr etdi.

Joriy yilning kuzida Panoram mobil - tomida maxsus foto uskunasi bo`lgan mashina respublika bo`ylab sayohatga chiqdi. U Toshkent, Buxoro, Nukus, Samarqand, Xiva va Shahrisabz ko`chalari va diqqatga sazovor joylarini suratga oldi. Shuningdek, Qoraqalpog`iston bo`ylab sayohatni amalga oshirdi: foto kameralar nigohidan Ustyurt platosi, Orol bo`yidagi tuzli botqoq va Amudaryo sohilidagi qadimiy aholi punktlari ham chetda qolmadi. Manzaralarni Yandeks xaritalarida ko`rish mumkin.

Endi ushbu joylarni virtual tarzda sayr qilish imkoniyati paydo bo`ldi. Samarqand, Registon maydoni Mazkur panoramalar mahalliy aholiga tanish bo`magan hududlar bo`ylab ekskursiyalar amalga oshirishni rejalashtirishga, turistlarga esa - sayohatga yanada yaxshiroq tayyorgarlik ko`rishga yordam beradi.

Suratlardan transportning o`tishi qiyin bo`lgan joylarda harakatlanish bo`yicha tavsiyalar bilan tanishishingiz, mo`ljalni belgilashingiz va diqqatga sazovor joylarning ko`rinishini oldindan bilib olishingiz mumkin: masalan, Samarqanddagi Go`ri-Amir maqbarasi, Buxorodagi Ark qal`asi yoki Qadimiy Xivadagi karvon-saroylarni. 

"Tashkent-City" hiyoboni "Biz panoramalarni oktyabr oyining o`rtalaridan noyabr oyining boshlariga qadar suratga oldik: ushbu vaqtda jazirama issiq ham bo`lmaydi, yorug`lik ham kuz iqlimidek yumshoq edi", - deydi Yandeksning O`zbekiston bo`yicha mintaqaviy direktori Evgeniy Lukyanchikov. 

“Suratga olish jarayoniga oldidan jiddiy tayyorgarlik ko`rilgan. O`zbekiston qadimiy obidalar va betakror tabiiy landshaftlarga boy zamin bo`lganligi sababli biz panoramalar iloji boricha ko`proq diqqatga sazovor joylarni qamrab olishini inobatga oldik. Marshrutni tuzish va sayohatni tashkillashtirishda O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi yaqindan yordam berdi. Suratga olishda ko`rsatgan yordamlari uchun ulardan minnatdormiz."- deya qo`shimcha qildi Evgeniy Lukyanchikov.

"Yandeks xaritalar - O`zbekiston shaharlarining ko`cha panoramalarini qamrab olgan eng yirik geografik axborot xizmatlaridan biri. Suratlarda mamlakatning diqqatga sazovor joylarini, jumladan, YuNESKOning Jahon merosi ro`yxatidagi ob`ektlarni ko`rishingiz mumkin, ular sirasiga Ichan-Qal`a, Shahrisabzning tarixiy markazini keltirish mumkin. Dunyoning istalgan burchagidan yurtimizni kuzatish imkoniyatiga ega bo`lgan panoramalar O`zbekistonga sayohat qilishni rejalashtirganlar uchun yordam beradi.", - dedi O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Tadbirkorlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Ibrohim Barnayev. 

Mo`ynoqdagi Kemalar qabristoni Yandeks suratga olish guruhining O`zbekistonga safari chog`ida deyarli 295 ming fotosurat olindi, ulardan esa 73 mingdan ortiq dumaloq panoramalar hosil bo`ldi. Tasvirga olishning umumiy masofasi ikki ming kilometrdan oshadi. Avtomobilda harakatlanishning iloji bo`lmagan joylarda operatorlar kamerani shtativga o`rnatib, piyoda yurishdi. Misol uchun, Nukus shahridagi I.V.Saviskiy nomidagi davlat san`at muzeyi va Toshkent shahridagi yangi "Tashkent-City" bog`ini tasvirga olish ishlari shu tarzda amalga oshirildi. Shu kunga qadar Yandeks xaritalarda umumiy hisobda Rossiya, Armaniston, Belorusiya, Qozog`iston, O`zbekiston, Ukraina va Turkiyaning to`rt milliondan ortiq panoramalari nashr qilingan. Bu erda ham shaharlar, ham tabiatning diqqatga sazovor joylarining betakror manzarasidan bahramand bo`lishingiz mumkin. Baykal ko`li, Kareliya sharsharalari, Kavkaz tog`lari, Arktika orollari va hatto sayyoraning eng baland cho`qqisi - Everest.

Panoramalarni yandex.ru/maps va Yandeks xaritalar ilovasida ko`rish mumkin. Sayt egalari API Xaritalardan foydalanib, har qanday panoramani o`z manbalariga joylashtirish imkoniyatiga ega.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1